logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC sobiq yulduzi ishtirokida o'tishi kerak bo'lgan Qozog'istondagi MMA turniri pul tufayli bekor bo'ldi

 6 IYUN, 2026, 13:48

Bugun Olma-Ota shahridagi Almaty Arena majmuasida MMA bo'yicha ORDA Global Fights Ligasining debyut turniri o'tkazilishi kerak edi.

Musobaqaning markaziy bahsida UFC cobiq jangchisi, amerikalik Entoni Pettis qozog'istonlik Adil Boranbaevga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Biroq turnir bekor qilindi.

Malum bo'lishicha, Pettisga tashkilotchilar juma kuniga qadar gonorar to'liq to'lab berilishini aytishgan, ammo vadasini bajarishmagan. Buning ortidan Entoni ijtimoiy tarmoqlarda jang qilmasligini yozgan:

"Qozog'iston, jang haftasi davomida menga ko'rsatgan beqiyos mehringiz, qo'llab-quvvatlovingiz va mehmondo'stligingiz uchun sizlarga katta rahmat. Bu erga kelgan ilk kunimdanoq o'zimni qadrli mehmon sifatida his qildim va sizlar uchun oktagonga chiqib, ajoyib shou taqdim etish imkoniyatidan mamnun bo'ldim. Afsuski, promoushen tashkiloti shartnoma bo'yicha o'z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmagani sababli, men jangda ishtirok eta olmayman. Bu mening qarorim emas. Men Qozog'istonga sog'lom holatda keldim, vazn tashlash jarayonidan muvaffaqiyatli o'tdim, to'liq tayyorgarlik yig'inini o'tkazdim va jangga har tomonlama tayyor edim. Men tashkilotga o'z majburiyatlarini bajarishi uchun barcha imkoniyatlarni berdim, ammo oxir-oqibat ular buni uddalay olishmadi. Adildan ham alohida uzr so'ramoqchiman. Men unga katta hurmat bilan qarayman va uning yurtdoshlari qarshisida u bilan oktagonda kuch sinashishni intiqlik bilan kutgandim. Qozog'istonlik muxlislar bilishini istaymanki, menda sizlarga ham, mamlakatingizga ham nisbatan hech qanday etiroz yo'q. Bu erdagi tajribam ajoyib bo'ldi. Mening xafsalam pir bo'lgan jihat faqat tashkilotning o'z ishbilarmonlik majburiyatlarini qanday bajargani bilan bog'liq. Umid qilamanki, bir kuni Qozog'istonga yanada yaxshi sharoitlarda qaytib kelaman va muxlislarga ular munosib bo'lgan chiqishni taqdim etaman. Qo'llab-quvvatlovingiz va tushunganingiz uchun rahmat", deya vaziyatni ochiqlagan sportchi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ