SHakira va Burna Boy ochilish marosimida JCH-2026 madhiyasini ijro etadi
5 IYUN, 2026, 17:32
Kolumbiyalik qo'shiqchi SHakira va nigeriyalik musiqachi Burna Boy Mexiko shahrida bo'lib o'tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatining ochilish marosimida "Dai Dai" nomli turnir madhiyasini kuylaydi.Meksika va JAR o'rtasidagi JCH-2026 ochilish uchrashuvi 11 iyun kuni Mexiko shahridagi "Acteka" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
JCH-2026 guruh bosqichi o'yinlari 11 iyundan 28 iyungacha bo'lib o'tadi. Pley-off bosqichi 28 iyunda boshlanadi. Final 19 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Manba: olamsport.com
