logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Joshua sportni tark etishidan oldin jang qilishni istayotgan bokschilarini sanab berdi. Ro'yxatda Jalolov bormi?

 5 IYUN, 2026, 11:48

Superog'ir vaznda IBF, WBA, WBO, IBO yo'nalishlarida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua faoliyatini yakunlashdan oldin jang qilish qiziqarli bo'lgan raqiblar ro'yxatini oshkor qildi.

"Men va Fyuriga kelsak, bu men faoliyatimning oxirigacha o'tkazmoqchi bo'lgan yagona jang bo'lishi mumkin emas. CHunki, agar safda qolsam, meni Dyubua bilan revansh, shuningdek, Fabio Uordli bilan potencial jang kutayotganini bilaman. Agar u chempion bo'lsa, Agit Kabael bilan jang ham kutilmoqda va bu juda katta voqea bo'ladi. Yana reytingda ko'tarilayotgan Itauma va Deontey Uaylderga qarshi jang ham bor. Ularning barchasi mening yo'limda, barchasi bir xil darajada. Men Fyurini o'z ro'yxatimda boshqalardan ustun qo'ymayman", - deya 36 yoshli Joshuaning so'zlaridan iqtibos keltiradi The Independent.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ