logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kot-d'Ivuar JCh-2026 oldidan Frantsiyani taslim etdi (Videosharh)

 5 IYUN, 2026, 05:00

Frantsiya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Kot-d'Ivuar jamoasiga imkoniyatni boy berdi — 1:2. O'yin Nant shahridagi «Bojuar» stadionida bo'lib o'tdi.

«Manchester Siti»ning frantsuz yarim himoyachisi Rayan Sherki birinchi bo'lim yakunida hisobni ochdi. Ivuarliklar 53-daqiqada javob qaytarishdi — Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Dezire Duening akasi bo'lmish Gela Due o'zini ko'rsatdi. Uchrashuv so'ngida «Manchester Yunayted»ning ivuarlik forvardi Amad Diallo Duening uzatmasidan so'ng g'alaba golini kiritdi.

Har ikki jamoa ham Jahon chempionati-2026 ga tayyorgarlik ko'rmoqda. Frantsiya «I» guruhida Senegal, Iroq va Norvegiya bilan, Kot-d`Ivuar esa «E» guruhida Germaniya, Kyurasao va Ekvador bilan bahs olib boradi.

Dushanba kuni Frantsiya JCh-2026 oldidan so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ