logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rasman: Andoni Iraola — «Liverpul»ning yangi bosh murabbiyi!

 4 IYUN, 2026, 23:42

«Liverpul» Andoni Iraolani bosh murabbiy etib tayinladi.

43 yoshli basklik mutaxassis bu lavozimda Arne Slotning o'rnini egalladi va «qizillar» bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv tafsilotlari klub tomonidan oshkor qilinmayapti.

Andoni 2023 yildan buyon «Bornmut»ni boshqarib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida klub APLda 12, 9 va 6-o'rinlarni band etdi. U shuningdek, Kiprning AEK hamda Ispaniyaning «Mirandes» va «Rayo Valekano» jamoalariga ham ustozlik qilgan.

Futbolchi sifatida Iraola deyarli butun faoliyatini «Atletik Bilbao»da (2003-2015) o'tkazgan va «Nyu-York Siti» klubida ham to'p surgan.

Eslatib o'tamiz, «Liverpul» 2025/26 yilgi mavsumni sovrinlarsiz yakunladi. Klub Premer-ligada 5-o'rinni egalladi, biroq qo'shimcha yo'llanma evaziga Chempionlar ligasiga yo'l oldi.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ