«Chelsi» bosh homiy topishda muammoga duch kelmoqda
4 IYUN, 2026, 23:18
Londonning «Chelsi» klubi bosh (titul) homiy topishda muammolarga duch kelmoqda.
The Telegraph nashrining xabariga ko'ra, potentsial hamkorlar «ko'klar» rahbariyati bilan bo'lishi mumkin bo'lgan kelishuvni 30 million funt sterlingga baholashmoqda, bu esa klubga ma'qul kelmayapti. Chunki «Chelsi» bo'lajak bosh homiy ularga bundan ikki baravar ko'p — 60 million funt to'lashini istamoqda.
«Summalardagi katta tafovutni hisobga olsak, bosh homiy qidirish ishlari yana cho'zilib ketish ehtimoli bor», — deya qayd etadi manba.
Ta'kidlab o'tish joizki, «Chelsi» evrokubklarga yo'llanma ola bilmadi. Yakunlangan mavsumning so'nggi — 38-tur uchrashuvida «ko'klar» «Sanderlend»ga imkoniyatni boy berib, hatto Konferentsiyalar ligasidan ham quruq qolishdi.
