logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Kyoln» El-Mala transferi bo'yicha «Brentford» shartlariga rozi bo'ldi

 4 IYUN, 2026, 20:42

«Brentford» klubi «Kyoln»ning germaniyalik vingeri Said El-Mala transferini rasmiylashtirishga juda yaqin keldi. «Bild» nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, muzokaralar hal qiluvchi bosqichga chiqqan va transfer shu dam olish kunlaridayoq e'lon qilinishi mumkin.

«Kyoln» sport direktori Tomas Kessler London klubining 50 million evrolik (45 million evro naqd + bonuslar va keyingi sotuvdan 15 foiz ulush huquqi) taklifini qabul qilishga rozi bo'ldi. Ushbu kelishuv Germaniya klubi tarixidagi eng qimmat sotuvga aylanadi.

Ortda qolgan mavsumda El-Mala Bundesliganing 34 ta uchrashuvida maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining APL klubi bilan shartnomasi 2030 yilga qadar mo'ljallanadi va unga ko'ra futbolchi yiliga 4 million evrodan ortiq maosh oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ