logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» «Ayntraxt» himoyachisi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi

 4 IYUN, 2026, 20:42

«Ayntraxt» himoyachisi Nataniel Braun «Bavariya»ga o'tishga yaqin turibdi.

Sky Germany nashrining xabariga ko'ra, Myunxen klubi 22 yoshli futbolchi bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Muzokaralarda «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani muhim rol o'ynagani va futbolchini jamoaga qo'shilishga shaxsan ko'ndirgani aytilmoqda. Unga ko'ra, Braun klub bilan 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolashi mumkin.

Manbaning ta'kidlashicha, «Ayntraxt» o'z futbolchisi uchun 60 dan 65 million evrogacha mablag' olishni ko'zlamoqda. Himoyachining Frankfurt klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uning transfer bahosi 40 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ