logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Spinatstsola «Napoli» bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi

 4 IYUN, 2026, 20:36

Chap qanot himoyachisi Leonardo Spinatstsola «Napoli» bilan yangi ikki yillik shartnoma tuzish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ma'lum qildi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, shartnoma yaqin vaqt ichida rasmiylashtiriladi. Ortda qolgan mavsumda Spinatstsola klub miqyosidagi barcha musobaqalarda jami 42 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Spinatstsola 2024 yildan buyon neapolliklar sharafini himoya qilib kelmoqda va klub bilan birgalikda mamlakat chempionligi hamda Superkubogini qo'lga kiritgan. «Transfermarkt» portali bahosiga ko'ra, 33 yoshli italiyalik futbolchining bozor qiymati 3,5 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ