logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Iraola Liverpulga etib keldi

 4 IYUN, 2026, 20:36

Andoni Iraola Liverpul shahriga etib keldi. Bu haqda «The Independent» nashri xabar bermoqda.

43 yoshli ispaniyalik mutaxassis San-Sebastyan shahridan Jon Lennon nomidagi aeroportga shaxsiy samolyotda uchib kelgan va u erdan haydovchili maxsus avtomobilda ketgan. Iraola bilan muzokaralar juda tez fursatda yakuniga etdi. Bunga uning «Bornmut» klubidagi birgalikdagi faoliyati orqali «Liverpul» sport direktori Richard Xyuz bilan yaxshi tanish bo'lganligi sabab bo'lgan.

Yaqin soatlar ichida Iraola klub bilan ikki yillik shartnoma imzolashi va iste'foga chiqarilgan Arne Slotning o'rnini egallashi kutilmoqda. Ortda qolgan mavsumda jamoa Angliya chempionatida (APL) beshinchi o'rinni band etdi. Bu esa qo'lga kiritilgan chempionlik unvonidan keyin jamoa uchun orqaga tashlangan katta qadam bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ