Velosport bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi jiddiy avtofalokatga uchradi
3 IYUN, 2026, 11:48
Bu haqda murabbiy Alla Bezuglova ijtimoiy tarmoqlarda malum qildi.Malum bo'lishicha, asosiy faoliyatini velotrek yo'nalishida olib boruvchi Vladislav Jarkov yaqindagina jiddiy avtofalokatga uchragan va operaciyani boshdan kechirgan.
Hozirda sportchining ahvoli barqaror ekani, biroq uni oldinda uzoq tiklanish jarayoni kutayotgani aytilgan.
Xabar qilinishicha, Vladislav Jarkovga YTH oqibatida umurtqa pog'onasi sinishi, orqa miya shikastlanishi, qovurg'a sinishi va o'pka lat eyishi kabi tashxislar qo'yilgan.
Hozirda murabbiy sportchining tiklanish jarayoni uchun moliyaviy manba izlashda davom etmoqda.

Manba: olamsport.com
