logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

"Bir o'limdan qaytgan" Ben Askren Bilol Muhammad bilan jang qiladi

 2 IYUN, 2026, 16:00

ONE va Bellator tashkilotlarining yarim o'rta vazn toifasidagi sobiq chempioni Ben Askren bir yil avval ikki o'pkasini ko'chirib o'tkazish bo'yicha murakkab operaciyani boshdan kechirganiga qaramay, sport faoliyatini qayta tiklamoqda.

U professional kurash ligasi Real American Freestyle Real American Freestyle (RAF) bilan hamkorlikdagi ilk bahsini UFC sobiq chempioni Bilol Muhammadga qarshi o'tkazadi. Ikki amerikalik sportchi o'rtasidagi to'qnashuv 18 iyul kuni Miluokida bo'lib o'tadigan RAF 11 turnirida tashkil etiladi.

Bilol Muhammad ushbu hafta oxirida UFC Fight Night 278 turnirining markaziy jangi doirasida Gabriel Bonfimga qarshi oktagonga ko'tariladi. 

Eslatib o'tamiz, o'tgan yil iyun oyi boshida Askren og'ir shakldagi pnevmoniya bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Oy oxirida unga ikki o'pkani ko'chirib o'tkazish operaciyasi amalga oshirilib, operaciyadan keyin sportchi hatto qayta yurishni o'rganishiga to'g'ri kelgan. SHunga qaramay, u noyabr oyida mashg'ulotlarni qayta boshlaganini malum qilgandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ