logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Vakillarimiz badiiy gimnastika bo'yicha Osiyo chempionatida 16 ta medalga sazovor bo'lishdi

 30 MAY, 2026, 16:00

Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida badiiy gimnastika bo'yicha Osiyo chempionati yakuniga etdi.

Musobaqaning so'nggi kunida hamyurtlarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega bo'ldilar.

Oltin:

Taxmina Ikromova (kattalar, xalqa)

Taxmina Ikromova (kattalar, to'p)

Taxmina Ikromova (kattalar, tasma)

Taxmina Ikromova (kattalar, bulava)

Anora Mamajonova (yoshlar, bulava).

Kumush:

Natalya Usova (kattalar, tasma)

Yasmina Zufarova (yoshlar, tasma).

Bronza:

Natalya Usova (kattalar, bulava).

SHu tariqa, badiiy gimnastikachilarimiz bu yilgi qita birinchiligini 12 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunlashdi.













Manba: olamsport.com

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ