Abdumalik Xalokov prof boksdagi uchinchi jangini o'tkazdi
29 MAY, 2026, 20:00
Toshkentda professional boks oqshomi o'tkazilmoqda.Ushbu turnir doirasida Olimpiada chempioni Abdumalik Xalokov hindistonlik Vishal Kumarga qarshi ringga ko'tarildi.
6 raundga mo'ljalangan jang muddatidan oldin yakunlandi. Abdumalik raqibini ikkinchi raundda texnik nokaut bilan taslim qildi.
SHu tariqa, Xalokov prof ringdagi uchinchi jangida uchinchi g'alabasini nishonladi.
Manba: olamsport.com
