logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

"CHimaev vazn tashlash paytida o'lim yoqasida bo'lgandi" - sobiq chempion

 29 MAY, 2026, 10:48

UFC sobiq chempioni, hozirda ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan amerikalik Ti Jey Dillashou Xamzat CHimaevning SHon Striklendga qarshi jang oldidan vazn tashlash jarayoni haqida gapirdi.

Ularning jangi UFC 328 turnirining asosiy voqeasi bo'lib, SHon Striklendning hakamlar qarori bilan g'alabasi bilan yakunlangan edi. SHu tariqa, Striklend o'rta vazndagi yangi UFC chempioniga aylangan.

"Mashg'ulot yig'inida Xamzat haqiqiy maxluqqa o'xshardi. Uni hech kim mag'lub eta olmasdek edi. Ammo keyin u pulga qandaydir odam topdi va uning vazn tashlash uslubi dahshatli bo'ldi.

U Striklendga 1 million dollar berib: “Ol, men buni uddalay olmayman, o'lib qolaman”, demoqchi bo'lgan. Uning qalqonsimon bezining yarmi ishlamasligini unutmang. Metabolizmi oddiy odamnikidan ikki baravar sekin.

Menimcha, u vazn tashlash paytida haqiqatan ham o'lim yoqasida bo'lgan. Keyin uning yashil safro qusgani va boshqa dahshatli holatlar haqida eshitdim. U jangga chiqmasligi kerak edi.

SHunga qaramay, to'rtinchi va beshinchi raundlarda qanday harakat qilganiga qarang. Xamzat hatto Striklenddan ham yaxshi kardio ko'rsatdi", — dedi Dillashou.


comhttps://img.championat.com/ ... 6.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ