Nafrat? Iliya Topuriya Islam Maxachevga nisbatan shaxsiy adovat haqidagi savolga javob berdi
28 MAY, 2026, 17:32
UFC engil vazn chempioni Iliya Topuriya yarimo'rta vazn chempioni Islam Maxachevga munosabati haqida fikr bildirdi."Men Islam bilan jang qilamanmi-yo'qmi, bu men uchun hech narsani o'zgartirmaydi. CHunki men undan nafratlanmayman. Unga nisbatan shaxsiy adovatim yo'q.
U bu sportda ajoyib natijalarga erishgan. Men kabi u ham ikki vazn toifasida chempion bo'lgan. Agar biz to'qnash kelsak, bu UFC tarixidagi eng buyuk janglardan biri bo'lardi.
Ammo bu jang hech qachon bo'lmasa ham, men baribir o'zim va erishgan yutuqlarim bilan faxrlanaman", — dedi Topuriya.
Manba: olamsport.com
