Iliya Topuriya qaysi mashhur bokschi bilan jang qilmoqchi ekanligini aytdi, bu Rayan Garsiya emas
28 MAY, 2026, 13:16
UFC chempioni Iliya Topuriya WBO kamari sohibi SHakur Stivensonga qarshi jang qilishni xohlashini aytdi."SHakur Stivenson yaxshi jangchi. Uning yagona kamchiligi — juda ko'p gapiradi. U meni yoqtirmaydi. Rostini aytsam, men boksga o'tib, dunyodagi eng yaxshi bokschilar bilan jang qilishim mumkinligini his qilyapman.
Bu orzu emas, lekin agar bu amalga oshsa, ayniqsa SHakur Stivensonga o'xshagan juda ko'p gapiradigan odamga qarshi bo'lsa, juda xursand bo'lardim", — dedi Topuriya.
Manba: olamsport.com
