"Mag'lubiyat payti faqat yaqin insonlaring bo'ladi" - SHahram G'iyosov
27 MAY, 2026, 21:32
O'zbekistonlik professional bokschi SHahram G'iyosov Instagram'dagi sahifasida yangi post joyladi."G'alaba payti yoningda juda ko'p insonlar, mag'lubiyat payti esa faqat sening yaqin insonlaring — bu hayot", deya quyidagi suratlarni izohlagan SHahram.
Bokschi 23 may kuni Misrning Giza shahrida tashkil etilgan prof boks oqshomi doirasida angliyalik Jek Ketterolga ochkolar hisobi bo'yicha mag'lub bo'lgandi.

Manba: olamsport.com
