Kishinyov CHellenjeri. Fominni ilk davradayoq to'xtatishdi
27 MAY, 2026, 17:16
Xabar berganimizdek, Moldovaning Kishinyov shahrida tennis bo'yicha ATP Challenger turniri o'tkazilyapti.Mamlakatimizning birinchi raqamli raketka ustasi Sergey Fomin asosiy to'rning ilk davrasida dunyo reytingida 282-o'rinni band etib turgan hindistonlik Sumit Nagalga qarshi kortga chiqdi.
1 soat, 28 daqiqa davom etgan bahsda Nagal 6/4, 6/2 hisobida g'olib bo'ldi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi. Ular o'rtasida bo'lib o'tgan 2023 yildagi ilk bahsda ham hindistonlik tennischining qo'li baland kelgandi.
Manba: olamsport.com
