logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Konor UFC'dan ketish jarayonini tezlashtirmoqchi" - ekspert

 27 MAY, 2026, 16:48

MMA tahlilchisi Jed Meshyu UFC yulduzi Konor Makgregor qachon Dana Uayt promoushenini tark etishi haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, Maksdan keyin unga Maykl CHendlerni berishmaydi. Maks bilan jangning o'zi ham promoushen nuqtai nazaridan unchalik mantiqiy emas, ammo CHendler bilan jang Konorning “so'nggi qo'shig'i” uchun yanada mantiqsiz.

UFC uni kimnidir mashhur qilish uchun qurbon qilmoqchi bo'ladi. Menimcha, eng mantiqiy variant — Peddi Pimblett.

Ikkinchidan, u JUDA TEZ ketadi. Dastin Pore bilan jangidan beri aytib kelaman — u faqat shartnomasidagi ikki jangni o'tkazib, keyin ketishi kerak. UFC tashqarisida Konor turli janglar orqali qariyb $500 mln ishlashi mumkin — Neyt Diaz bilan uchinchi jang, Jeyk Pol, Floyd Meyvezer bilan revansh, Menni Pakyao, hatto Mayk Tayson bilan ham. Unda nega UFC’da qolishi kerak?

Menimcha, Konor shartnomadan chiqishga harakat qilyapti va Netflix orqali moliyaviy imkoniyatlarni ko'rgach, bu jarayonni tezlashtirmoqchi. Menimcha, u kelasi yozda Konor Jeyk Pol bilan jang qiladi", — deb yozdi Meshyu MMA Fighting’dagi kolonkasida.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ