Aleksandr Usik 100 million dollar gonorar oldimi? Bokschining o'zi javob berdi
26 MAY, 2026, 15:16
Aleksandr Usik Riko Verxuvenga qarshi jang uchun 100 million dollar gonorar olgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.Eslatib o'tamiz, ularning Misrdagi jangi 11-raundda Usikning nokaut orqali g'alabasi bilan tugagandi.
"Odamlar mening gonorarlarimni hisoblashi meni hayratga soladi. Men shunchaki rohatlanaman. 100 million dollar! Biznesni oz-moz tushunadigan odam sifatida, bu raqam qaerdan chiqqanini tushunmayman. Nimadan? "Agar haqiqatan ham 100 million bo'lsa, juda yaxshi bo'lardi" deb hayol suraman", — dedi Usik matbuot anjumanida.
Manba: olamsport.com
