logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Layloxon Sobirova Osiyo chempioni! Yana ikki kurashchi qizlarimiz ham shohsupada! (+FOTO)

 25 MAY, 2026, 09:48

Xabar berganimizdek, Vetnamning Da Nang shahrida sport kurashlari bo'yicha U23 Osiyo chempionati davom etmoqda.

Ayollar kurashi bahslarining birinchi kuni terma jamoamiz azolari 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. 59 kg vazn toifasidagi vakilamiz Layloxon Sobirova qitaning tengsiz ayol kurashchisi ekanini isbotladi. U birinchi davrada vetnamlik Ti Ngo, ikkinchi bosqichda qirg'izistonlik Akilay CHinbaeva, 1/2 finalda qozog'istonlik Viktoriya Xusainova, hal qiluvchi final bellashuvida esa hindistonlik Nexani mag'lubiyatga uchratdi. 

Finalga qadar mag'lubiyatsiz etib kelgan Firuza Esenbaeva (68 kg) kumush medal bilan taqdirlandi, Nilufar Nurmuhammedova (50 kg) esa bronza medaliga sazovor bo'ldi. 


SHohsupaga ko'tarilgan kurashchi qizlarimiz:

Oltin medal

59 kg: Layloxon Sobirova


Kumush medal

68 kg: Firuza Esenbaeva


Bronza medal

50 kg: Nilufar Nurmuhammedova










Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ