logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Usik - Verxuven jangi statistikasi elon qilindi

 25 MAY, 2026, 09:32

Etiborlisi, Compubox portali elon qilgan statistika mag'lub kikbokschi foydasiga bo'ldi.

Misrning Giza shahrida o'tkazilgan prof boks oqshomining asosiy jangida superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Alekandr Usik WBC kamarini niderlandiyalik kikbokschi Riko Verxuvendan himoya qildi. Jangning 11-raundi yakunlanib bo'lgan paytda, gong chalinganidan keyin referi nokdaun qayd etib, Usikning texnik nokautli g'alabasini taminladi. Bu esa jamoatchilik etiroziga sabab bo'ldi. 

Qizig'i, ortda qolgan raundlardagi statistika ham Riko foydasiga bo'lganini ko'rsatmoqda. O'n bir raund davomida Usik jami 499 ta zarba yo'llagan, shundan 112 tasi manziliga (aniqlik 22,4%) etib borgan. Verxuven — 508 ta zarba yog'dirgan, 113 tasi manzilini topgan (aniqlik 22,2%). Riko aniq zarbalar bo'yicha Usiknii ortda qoldirdi: 93-89. Jang hakamlaridan ikki nafari durang natija bergan, uchinchisi niderlandiyalikning g'alabasini taminlagan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ