logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Tarixiy natija! Yunon-rum kurashchilarimiz 7 ta medal bilan Osiyo chempionatida birinchi bo'lishdi

 25 MAY, 2026, 09:00

Vetnamning Da Nang shahrida o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionatining yunon-rum kurashi bellashuvlari yakuniga etdi.

Etiborga molik jihati shundaki, Osiyoning 2025 yildagi eng yaxshi murabbiyi Rustam Assakalov boshchiligidagi O'zbekiston yunon-rum kurashi terma jamoasi qita chempionatida kutilganidan ham yaxshi natija ko'rsatishdi. 

Klassiklarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan 189 ochko to'plagan holda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Qo'shnilarimiz Qozog'iston va Qirg'iz Respublikasi terma jamoalari kuchli uchlikdan joy olishdi. 

Hojiakbar Qo'chqorov (-55 kg), Aytjan Xalmaxanov (-67 kg), Abdullo Aliev (-77 kg) va Rahimjon Uzoqov (-87 kg) o'z vazn toifalarida Osiyo chempioni bo'lishdi va ular sharafiga Vetnam zaminida O'zbekiston Respublikasi davlat madhiya yangrab, bayrog'imiz ko'taridi. Ozodbek Xalimboev (-63 kg) va Azimjon Soatullaev (-82 kg) kumush, SHahzod Qo'chqorov (-72 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi. 


SHohsupaga ko'tarilgan klassiklarimiz:

Oltin medallar

-55 kg: Hojiakbar Qo'chqorov 

-67 kg: Aytjan Xalmaxanov

-77 kg: Abdullo Aliev 

-87 kg: Rahimjon Uzoqov


Kumush medallar

-63 kg: Ozodbek Xalimboev 

-82 kg: Azimjon Soatullaev


Bronza medallar

-72 kg: SHahzod Qo'chqorov


Umumjamoa reytingi (Top-3):

1. O'zbekiston terma jamoasi — 189 ochko

2. Qozog'iston terma jamoasi — 178 ochko

3. Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi — 177 ochko





Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ