logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Vilyarreal» «Atletiko»ni er tishlatdi va La Ligada kuchli uchlikka kirdi (Videosharh)

 25 MAY, 2026, 05:34

«Vilyarreal» o'z maydonida Ispaniya chempionatining so'nggi 38-turi doirasida «Atletiko»ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1.

Mezbonlar safida Dani Parexo (penalti), Jorj Mikautadze, Ayoze Peres (dubl) va Pape Guye gol muallifiga aylanishdi. Nikolya Pepe esa ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Mehmonlarning yagona goliga Mark Pubil mualliflik qildi.

«Vilyarreal» ushbu g'alabadan so'ng 72 ochko jamg'arib, La Liga 2025/26 mavsumini uchinchi o'rinda yakunladi. «Atletiko» esa 69 ochko bilan to'rtinchi pog'onada qoldi.

«VIL'YaRREAL» — «ATLETIKO» — 5:1
Gollar: Dani Parexo 30-pen (1:0), Ayose Peres 34 (2:0), Jorj Mikautadze 40 (3:0), Mark Pubil 43 (3:1), Pap Guye 45 (4:1), Ayose Peres 54 (5:1).
«Vilyarreal»: Tenas, Marin, Navarro, Pedrasa (Kardona, 67), Mourino, Parexo (Diatta, 66), Guye (Kosta, 75), Moleyro, Pepe, Mikautadze (Masia, 89), Peres (Kabanes, 75).
«Atletiko»: Musso, Langle, Pubil (Rudjeri, 46), Gantsko (Purich, 46), Lorente, Koke, Vargas, Baena (Bonyar, 61), Lukman (Morsilo, 61), Simeone (Serlot, 46), Grizmann.
Ogohlantirish: Simeone (27).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ