logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kun surati: Usik – Verxuven jangining hakamlar hujjatidan ko'chirma. Ikki hakam durang bergan ekan (+FOTO)

 24 MAY, 2026, 09:32

Bir necha soat avval Misrning Giza shaharchasida katta professional boks oqshomi yakunlandi va uning asosiy jangida Aleksandr Usik kutilmagan qarshilikka duch keldi.

Superog'ir vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Aleksandr Usik kikboks yulduzi niderlandiyalik Riko Verxuvenga qarshi ringga ko'tarildi. O'n birinchi raund yakunlanishiga 20 soniyadan kamroq vaqt qolganida Verxuven kepasi tushib ketganini ko'rsatdi va uni almashtirish uchun burchakka bordi. Jang qayta tiklanganidan so'ng, Usik hujumga o'tdi, aftidan nokdaunga o'xshamasa-da, hakam kutilmaganda aralashdi va jangni to'xtatdi.

Natijada Aleksandr Usik o'n birinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozondi. Internetda hakamlarning jang uchun qo'ygan qo'ygan ochkolari tarqaldi. Birinchi hakam  94-96 hisobidagi mag'lubiyatni Riko Verxuvenga bergan ekan. Qolgan ikki hakam jangga bir xilda durang natija bergan — 95-95. Yani, jang to'liq davom etganda durang bilan yakunlanishi mumkin ekan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ