logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

SHahram G'iyosov faoliyatida ilk bor mag'lubiyatga uchradi

 24 MAY, 2026, 01:32

Misrda professional boks oqshomi tashkil etildi.

Ushbu jang oqshomi doirasida o'zbekistonlik professional bokschi SHahram G'iyosov ham ringga ko'tarildi.

Mazkur jang kechasida hamyurtimizga angliyalik Jek Ketteral raqib bo'ldi. Ushbu to'qnashuv yarim o'rta vazn toifasida WBA Regular kamari uchun tashkil etildi.

12 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda afsuski SHahram ochkolar evaziga imkoniyatni boy berdi. 

Bu bokschimiz uchun prof ringdagi ilk mag'lubiyat bo'ldi. SHahram bungacha o'tkazilgan 17 ta jangning barchasida g'alabaga erishgandi.

SHu tariqa, Jek Ketteral yarim o'rta vazn toifasida WBA Regular kamari sohibiga aylandi. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ