Terens Krouford Kanelo - Mbilli jangi uchun taxmin bildirdi
23 MAY, 2026, 18:32
Sobiq mutlaq jahon chempioni Terens Krouford meksikalik Saul Alvares va franciyalik Kristian Mbilli o'rtasidagi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.Ular 12 sentyabr kuni Ar-Riyodda WBC kamari uchun ringga chiqadi.
"Menimcha, bu ajoyib jang bo'ladi. Mbilli Kaneloga katta bosim o'tkazadi va Saul qay darajada formada chiqishini ko'rishimiz kerak. Saul — buyuk bokschi va uning ringga qaytishini intiqlik bilan kutyapman. Bu jangni mamnuniyat bilan tomosha qilaman.
Kanelo mag'lubiyatdan keyin faoliyatini tugatishni istamaydi. SHuning uchun u hali ham chempion ekanini isbotlashni va boksda rejalashtirgan ishlarini amalga oshirib, keyin o'z shartlari asosida ketishni xohlayapti deb o'ylayman", — dedi Krouford BoxingScene’ga.
Manba: olamsport.com
