logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Kamilla Rahimova "Rolan Garros" asosiy to'r ilk davrasidagi raqibasini bilib oldi

 23 MAY, 2026, 12:32

24 may - 7 iyun kunlari asosiy to'r bahslari o'tkaziluvchi "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 61 mln 700 ming evroni tashkil etuvchi "Rolan Garros" turniriga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Musobaqaning asosiy to'rida yagona vakilamiz Kamilla Rahimova ishtirok etadi. U reytingdagi o'rni bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'r turnirida qatnashish huquqini qo'lga kiritgandi. Qolgan ikki tennis malikamiz - Mariya Timofeeva saralashning 1/2 finalida, Polina Kudermetova esa final uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi.  

Qura natijasiga ko'ra, mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davrada ruminiyalik Jaklin Kristianga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi. Ayni paytda Rahimova WTA reytingida 89, Jaklin esa 33-o'rinni egallab turibdi. Ushbu uchrashuv 25 may kuniga belgilangan. 

Ushbu juftlik g'olibi ikkinchi bosqichda Zaxarova - Muxova uchrashuvida zafar quchgan tennischi bilan to'qnash keladi. Ehtimoliy raqiba chexiyalik Karolina Muxova musobaqada 10-raqam ostida saralangan. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ