"Verxuvenning Usik ustidan g'alabasi deyarli imkonsiz" - promouter
22 MAY, 2026, 17:32
Mashhur promouter Eddi Xirn niderlandiyalik kikbokschi Riko Verxuvenning sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik ustidan g'alaba qozonishi juda qiyin ekanini aytdi."Qog'ozda qaraganda, Riko Verxuvenning g'alabasi — zabt etish imkonsiz bo'lgan tog'. Yo'q… boshqacha aytsam, oddiy inson uchun. Ammo u erishgan natijalarining sababi — u oddiy inson emas.
Aleksandr Usik nafaqat bu avlodning eng buyuk jangchilaridan biri, balki mehnatkashlik va fikrlash jihatidan yosh sportchilar uchun ham eng yaxshi namuna. Usik va uning jamoasiga Entoni Joshuaga ushbu yig'inda ishtirok etish imkonini bergani uchun minnatdorchilik bildiraman.
Men yaqindan ko'rgan narsa — uning nega hali ham mag'lub bo'lmagani va sport cho'qqisida turganining sababi. Ertaga kechqurun qo'llari oddiy insonning sonidek katta bo'lgan bu odam, ochig'i, boks tarixidagi eng katta sensaciyalardan birini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Balki, uning o'zi uchun bu unchalik katta voqea emasdir. Lekin qog'ozda shunday bo'ladi. Aytamanki, agar qandaydir dramatik yoki g'alati voqea yuz berishi kerak bo'lsa, u aynan Misr piramidalari yonida sodir bo'ladi", — dedi Xirn ESPN’ga.
Manba: olamsport.com
