logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Chess Classic Romania 2026. Nihoyat, Sindarov ilk g'alabasiga erishdi. Peshqadam mag'lub etildi

 22 MAY, 2026, 09:48

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida tashkil etilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 475 000 AQSH dollaridan iborat nufuzli turnirda 7-tur partiyalari o'ynaldi.

Musobaqada yuqori reytingga ega o'n nafar grossmeyster bosh sovrin uchun kurash olib boryapti. Ular orasida "Nomzodlar turniri" g'olibi Javohir Sindarov ham bor. Hamyurtimiz 7-turda oq donalarda musobaqa peshqadami germaniyalik Vinsent Keymerni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Bu uning nafaqat ushbu turnirdagi, balki "Nomzodlar turniri"dan keyingi ilk g'alabasi bo'ldi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Ikkita turni mehmonxonadagi o'z nomerida yotgan holda o'tkazgan franciyalik Alireza Firuzdja jarohati bilan ortiq o'ynay olmasligini malum qilgan va musobaqadagi ishtirokini yakunlagandi. Bu esa uning keyingi raqiblariga qo'l kelmoqda. Raqiblarga to'g'ridan-to'g'ri texnik g'alaba yozilyapti. Aynan 7-turdagi raqib Yorden va Forest ham yo'q joydan bir ochkolik bo'ldi. Oltinchi turda bu marhamatdan kecha Javohirga yutqazgan Vinsent Keymer foydalanib qolgan edi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Ettinchi turda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha oq donalarda o'ynaganiga qaramay, amerikalik Fabiano Karuanaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Qolgan ikkita partiyada durang natija qayd etildi. Franciyalik Maksim Vashe-Lagrav ruminiyalik Bogdan-Daniel Dik bilan, niderlandiyalik Anish Giri AQSH vakili Uesli So bilan murosaga keldi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Ettinchi turdan keyin uch nafar shaxmatchi 4,5 tadan ochko jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilyapti. Fabiano Karuana qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra birinchi o'rindan joy olgan. Keymer ikkinchi, Forest uchinchi pog'onani band etgan. Javohir Sindarov kechagi muhim g'alabasi evaziga ochkolarini 3,5 taga etkazib, qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 5-o'ringa ko'tarilib oldi. Anish Giri 4 ochko bilan sof 4-o'rinda bormoqda. Uesli So, Maksim Vashe-Lagrav va Rameshbabu Praggnanandha hisobida 3,5 ochkodan bor. Bogdan-Daniel Dik 2,5 ochko bilan 9-o'rindan joy olgan bo'lsa, autsayder Alireza Firuzdja hisobida 1 ochko bor va uning musobaqani 10-o'rinda yakunlashi oydinlashgan.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Bugun 8-turda Javohir Sindarov qora donalarda Yorden van Forestga qarshi bahs olib boradi. Agar bugun ham hamyurtimiz g'alaba qozonsa, u holda chempionlik uchun imkoniyati oshadi. Uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi. CHempion 100 000 dollarni qo'lga kiritadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ