logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC chempioni Makkenzi Dyornga ilk kamar himoyasi uchun jang berildi

 21 MAY, 2026, 18:16

Raqamli tadbirning asosiy jangida yarim o'rta vazn toifasi chempioni rossiyalik Islam Maxachevning oktagonga chiqishi kutilmoqda.

Jang o'tkazilishi haqida vaziyatga yaqin bo'lgan ishonchli manbalar xabar berdi.

Makkenzi Dyorn 15 avgust kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirida eng engil vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qiladi. Amerikalik chempion ayolning raqibasi divizionning kuchli beshligini yakunlab turgan kanadalik Jullian Robertson bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning oktyabr oyida Makkenzi Dyorn vakant kamar uchun kechgan jangda braziliyalik Virna Yandirobani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, birinchi eng engil vazn toifasida yangi UFC chempioniga aylangandi.

Jullian Robertson esa mart oyida Amanda Lemosni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, ketma-ket beshinchi g'alabasini qo'lga kiritgan edi.

Raqamli tadbirning asosiy jangida yarim o'rta vazn toifasi chempioni rossiyalik Islam Maxachevning oktagonga chiqishi kutilmoqda.



Manba: olamsport.com

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ