logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Sergey Fomin bosniyalik raqibi oldida ojiz qoldi

 20 MAY, 2026, 12:48

Turkiyaning Istanbul shahrida tennis bo'yicha Challenger 75 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 107 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'rdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davrada Bosniya va Gercegoviniya vakili Andrey Nedichga qarshi kortga chiqib, 4/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Taqqoslash uchun, Fomin ayni paytda ATP reytingida 292, 21 yoshli Nedich 277-o'rinni egallab turibdi. Andrey uchrashuv davomida 5, Sergey 1 ta eys zarbani amalga oshirgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 1:1. Bir oy oldin SHimkentda o'tgan ilk uchrashuvda Fomin uch set natijasiga ko'ra zafar quchgan edi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ