logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Ikkinchi raketkamiz Mariya Timofeeva "Rolan Garros"dagi yurishini boshladi

 20 MAY, 2026, 08:48

Franciya poytaxti Parij shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi yilning to'rtta musobaqasidan biri - "Rolan Garros 2026" turnirining saralash bahslari start oldi.

Quvonarlisi, O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva nufuzli musobaqadagi ishtirokini nisbatan engil g'alaba bilan boshlab oldi. Saralash bahslarida 24-raqam ostida tasniflangan Mariya ilk bosqichda Kanada vakilasi Kadeno Breysni 6/1, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

Taqqoslash uchun, Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 119, Breys esa 202-o'rinni egallab turibdi. Etmish bir daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 4 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Mariya 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi, raqibasida esa bu ko'rsatkichni nolni tashkil qildi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. 

Bugun Timofeeva saralashning 1/2 finalida Mariya Lurdes Karlega qarshi kortga chiqadi. Argentinalik bu tennischi dunyoning 209-raketkasi bo'lib turibdi. Timofeeva - Karle uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 19:00da boshlanadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ