logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Arsenal» «Byornli»ni mag'lub etib, «Manchester Siti» bilan oradagi farqni oshirdi (videosharh)

 19 MAY, 2026, 06:34

Angliya Premer-ligasi 2025/2026 yilgi mavsum 37-turidan o'rin olgan bahsda Londonning «Arsenal» klubi «Byornli»ni qabul qildi. «Emireyts» stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 37-daqiqada germaniyalik yarim himoyachi Kay Xaverts tomonidan kiritildi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Arsenal» o'z ochkolarini 82 taga etkazib, musobaqa jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. «Kanonirlar»ning «Manchester Siti»dan ustunligi mavsum tugashiga bir tur qolganida besh ochkoni tashkil qilmoqda. Biroq «shaharliklar»ning zaxirada bitta o'yini bor.

«Byornli» esa 21 ochko bilan 19-o'rinda qolmoqda va jamoa allaqachon APL bilan xayrlashgan.

Angliya — Premer-liga, 37-tur
2026 yil 18 may
«Arsenal» — «Byornli» 1:0
Gol: Xaverts 37.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ