Argentina va Ispaniya Finalissimada to'qnash kelishi mumkin
10 IYUL, 2024, 19:00
Argentina terma jamoasi Kopa Amerikada, Ispaniya milliy jamoasi Evroda g'olib chiqsa, ular o'zaro Finalissimada to'qnash keladi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.
Bundan avvalgi o'tkazilgan Finalissimada Argentina terma jamoasi Italiya bilan to'qnash kelgandi. O'shanda "Albiseleste" yirik 3:0 hisobida g'alaba qozongan.