"Bavariya" ikkita yirik transferni bir vaqtda amalga oshirishga tayyor
10 IYUL, 2024, 18:42
"Bavariya" bir vaqtning o'zida ikkita hujumkor yarim himoyachini sotib olishga tayyor.
Xabaringiz bor, “Bayer” yulduzi Florian Virts myunxenliklarning kelasi yildagi asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Jurnalistlar Tobi Altsheffl va Kristian Falkning fikriga ko'ra, Xavi Simonsning shu yozda mumkin bo'lgan transferi "Bavariya"ning Virts borasidagi rejalariga ta'sir qilmaydi. Klub Simonsni hozirgi transfer oynasida sotib olishni mo'ljallagan.