Mbappening "Real"dagi taqdimoti qachon bo'lishi ma'lum!
10 IYUL, 2024, 18:30
Madridning “Real” klubi Kilian Mbappening taqdimot sanasini rasman belgilab oldi.
Frantsiyalik forvardning "Real Madrid" futbolchisi sifatidagi taqdimot marosimi "Santyago Bernabeu"da kelasi seshanba, 16 iyul kuni bo'lib o'tadi va mahalliy vaqt bilan soat 12:00da boshlanadi.
Taqdimotdan so'ng Mbappe matbuot anjumani o'tkazadi.
Oldinroq "Real" forvard taqdimotiga 80 mingga yaqin tomoshabin kutayotgani haqida xabar berilgandi.