logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Saliba: "Raqib yaxshiroq edi va buni tan olish kerak"

 10 IYUL, 2024, 18:24

Frantsiya terma jamoasi Evropa chempionatining final bosqichiga chiqa olmadi.

Seshanba oqshomida Dide Desham shogirdlari Ispaniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

O'yindan so'ng "uch ranglilar" himoyachisi Uilyam Saliba fikr bildirdi.

Futbolchi raqib yaxshiroq harakat qilganini va yakuniy natija mantiqiy ekanini tan oldi.

"Biz xafamiz, chunki biz yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. Ular avvaliga gol urishdi, keyin esa ikki marta o'tkazib yuborishdi. Rostini aytsam, raqib yaxshiroq edi va buni tan olish kerak. Buni aytish oson emas, lekin haqiqat shunday.

Biz g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni berdik, ammo bu sodir bo'lmadi", - deya Salibaning so'zlarini keltiradi UEFA sayti.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ