Navoiyda hakamlar liganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni boshlab yubordi
10 IYUL, 2024, 18:12
O'zbek futbolida birinchi davra o'yinlari yakuniga etdi.
Ikkinchi davraga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida Navoiy shahrida Navoiy va Buxoro viloyati hakamlari uchun yozgi o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazildi.
Unda amaliy mashg'ulotlarni Baxtiyor Tagaev, nazariy mashg'ulotlarni esa Zokir Qodirov va Rustam Bobomurodov olib bordi.
Shuningdek, seminar davomida hakamlarning jismoniy tayyorgarligi sinovdan o'tkazildi va ikkinchi davra oldidan zarur bilim va maslahatlar berildi.