Anvar Anvarov SHanxaydagi "Brilliant liga" bosqichida shohsupaga ko'tarildi
18 MAY, 2026, 11:48
Xitoyning SHanxay shahrida engil atletika olamining nufuzli musobaqasi – "Brilliant liga"ning yangi mavsumi boshlandi.Ahamiyatlisi, erkaklar o'rtasida uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan Anvar Anvarov sovrindorlar qatoridan joy oldi. Hamyurtimiz musobaqada 8.01 metr natija qayd etib, bronza medaliga ega chiqdi.
Brilliant liga, Xitoy
Uzunlikka sakrash, erkaklar:
1. Mattia Furlani (Italiya) – 8.43 metr
2. Bojidar Saraboyukov (Bolgariya) – 8.07
3. Anvar Anvarov (O'zbekiston) – 8.01.
Manba: olamsport.com
