logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lionel Messining goli va assisti «Inter Mayami»ga MLSda g'alaba keltirdi (videosharh)

 18 MAY, 2026, 06:34

MLS doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvda «Inter Mayami» o'z maydonida «Portlend Timbers»ni qabul qildi. Fort-Loderdeyl shahridagi «Di-Er-Vi Pi-En-Ka Stedium»da o'tgan bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

G'olib jamoa safida Lionel Messi va Xerman Berterame gol urdi. Shuningdek, argentinalik hujumchi bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi.

Shu tariqa, «Inter Mayami» MLSdagi g'alabali seriyasini uchta o'yinga etkazdi. «Portlend Timbers» esa so'nggi to'rt uchrashuvdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

MLSning keyingi turida «Inter Mayami» «Filadelfiya Yunion»ga qarshi maydonga tushadi. «Portlend Timbers» esa «San-Xose Ertkveyks» bilan bahs olib boradi.

AQSh — MLS
2026 yil 18 may, dushanba. 01:00
«Inter Mayami» — «Portlend Timbers» 2:0
Gollar: Lionel Messi 31, Xerman Berterame 42.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ