logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

"Men jang istardim, UFC va PFL esa"... - Frensis Ngannu

 17 MAY, 2026, 17:32

UFC sobiq chempioni, kamerunlik Frensis Ngannu UFC va PFL tashkilotlari unga o'zi doim so'ragan janglarni bermaganini malum qildi.

"Hatto uzoq muddatli shartnomalarim bo'lganida ham hech narsani nazorat qila olmaganman. UFC’da ham shunday edi: sakkizta jang uchun shartnomam bor edi, ammo yilda atigi bir marta jang qilardim. Men jang qilishni xohlardim, lekin menga raqib berishmasdi. Bu men istagan narsa emasdi. So'nggi yillarda PFL’da ham jang qilishni talab qildim, ammo jang olmadim. Farqi nimada edi?

Endi erkin agent sifatida tanlov imkoniyatiga egaman. Men turli imkoniyatlarga ochiqman va uzoq muddatli shartnomalarga bog'lanib qolishni istamayman. Bunday shartnomalar faqat tashkilotlar uchun foydali, jangchilar uchun emas. Ularda hech qanday kafolat yo'q.

MVP tomonidan kelgan taklif qiziqarli deb o'yladim. Kelajak bo'yicha rejalarim yo'q, chunki hech qanday kafolat mavjud emas. Ha, menda bir janglik shartnoma bor. Netflix bu loyihada qolishiga va ularning ishlari yaxshi ketishiga umid qilaman. MVP va Netflix boshqa tashkilotlardagi yoki boshqa promoushenlarni tark etmoqchi bo'lgan jangchilarga ham imkoniyat berishda davom etsin", — dedi Ngannu AgFight portaliga.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ