logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

"Odamlarga shou kerak". Usik Verxuven bilan jangi haqida gapirdi

 17 MAY, 2026, 16:32

Jahon chempioni Aleksandr Usik niderlandiyalik kikbokschi Riko Verxuven bilan bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.

Ularning jangi 23 may kuni Misrda, ehromlar yaqinida bo'lib o'tadi.

"Riko — kikboksing bo'yicha mutlaq jahon chempioni, men esa boks bo'yicha. Muxlislar uchun bu jang yomon emas. Ko'pchilik professional sportni yaxshi tushunmaydi. Ular faqat manzarani ko'radi, odamlarga esa shou kerak. Biz esa muayyan g'alabalar va yutuqlar bosqichidan o'tdik. Endi malum vaqt davomida etibor markazida bo'lamiz, keyin esa yana bokschilarga qarshi janglarga qaytamiz, chunki bizda aniq reja bor", — dedi Usik Associated Press nashriga.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ