Asadxo'ja g'alaba qozongan turnirning asosiy jangi Jalolov vaznida o'tkazilib, muddatidan avval yakunlandi
17 MAY, 2026, 08:48
Angliyaning Donkaster shahrida Queensberry Promotions kompaniyasi tomonidan navbatdagi professional boks turniri tashkil etildi.Oqshomning asosiy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda xorvatiyalik Filip Xrgovich britaniyalik taniqli bokschi Devid Allenga qarshi ringga ko'tarildi. Xrgovich jang boshidanoq tashabbusni qo'lga oldi va raqib ustidan o'z ustunligini ko'rsatdi. Natijada uchinchi raundda Allenning murabbiylari hakamdan jangni to'xtatishni so'radi.
SHu tariqa, Xrgovich prof faoliyatidagi 20-g'alabasini tantana qildi. Muddatidan oldin qo'lga kiritgan g'alabalari soni 15 taga etdi. Yagona mag'lubiyatini Daniel Dyubuadan qabul qilib olgan.
Ushbu jangdan oldin xorvatiyalik bokschi agar jangni tezroq tugatsa va hech qanday jarohat olmasa, avgust oyi boshida hozirda raqib qidirayotgan Mozes Itaumaga qarshi ringga chiqishga tayyor bo'lishini aytgan edi.

Manba: olamsport.com
