logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

https://stadion.uz/news/detail/560031

 17 MAY, 2026, 05:34

Osiyo Chempionlar ligasi–2 2025/2026 mavsumi finalida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» va Yaponiyaning «Gamba Osaka» jamoalari Ar-Riyodda to'qnash kelishdi. Unda "kunchiqar yurt" vakillari kichik hisobda g'alaba qozonishdi.

O'yindagi yagona golni 30-daqiqada turkiyalik hujumchi Deniz Xummet kiritdi.

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchrashuvni to'liq o'tkazdi, ammo samarali harakat amalga oshira olmadi. Mezbonlar o'yin davomida raqib darvozasiga 11 ta aniq zarba yo'llashgan bo'lsa, "Gamba" 3 ta aniq zarbaning bittasini golga aylantirishga muvaffaq bo'ldi.

Osiyo Chempionlar ligasi–2. Final
16 may 2026 yil
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni. «Kingdom Arena»
An-Nasr — Gamba Osaka — 0:1
Gol: 0:1 — Deniz Xummet, 30

Yarim finalda «An-Nasr» Qatarning «An-Ahli» jamoasini 5:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, «Gamba Osaka» Tailandning «Bangkok Yunayted» klubini 3:0 hisobida enggan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ