logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Toshkentda o'tadigan prof boks oqshomining yana bir qiziqarli jangi tasdiqlandi + POSTER

 16 MAY, 2026, 13:48

Xabaringiz bor, 29 may kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida yirik professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Mazkur nufuzli tadbir WBC Eurasia hamda O'zbekiston professional boks federaciyasi hamkorligida o'tkaziladi. Boks kechasida Olimpiya chempionlari va jahon boksining mashhur yulduzlari ishtirokida bir qator janglar bo'lib o'tadi. Tashkilotchilar tomonidan yana bir qiziqarli jang elon qilindi. 

Asosiy karddan o'rin olgan va kamida co-main event maqomi berilishi kutilayotgan ushbu jang engil vazn toifasida kubalik ikki karra Olimpiya chempioni Robeysi Ramires hamda tojikistonlik iqtidorli bokschi Asror Vohidov o'rtasida kechadi.

Malumot uchun, Ramires 2012 yil London va 2016 yil Rio-de-Janeyro Olimpiya o'yinlari g'olibi hisoblanadi. SHuningdek, u Panamerika o'yinlari, Markaziy Amerika va Karib havzasi o'yinlari g'olibi, Yoshlar Olimpiadasi chempioni hamda AIBA yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi sifatida ham katta yutuqlarga erishgan.

Professional ringda kubalik bokschi 17 ta jang o'tkazib, 14 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan. G'alabalarining 9 tasini nokaut evaziga yakunlagani uning yuqori darajadagi hujumkor uslubidan dalolat beradi.

Uning raqibi Asror Vohidov havaskor boksda yoshlar o'rtasida jahon chempionligini qo'lga kiritgan. 30 yoshli bokschi professional faoliyati davomida 14 ta jangda ishtirok etib, 13 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Uning 7 ta g'alabasi muddatidan avval nokaut orqali qo'lga kiritilgan. Ramires - Vohidov jangi 10 raunddan iborat bo'ladi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ