Grand Chess Tour: Super Chess Classic Romania 2026. Cindarov 2-turda azaliy hind raqibi bilan o'ynadi
16 MAY, 2026, 12:00
Ruminiya poytaxti Buxarest shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 475 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirda 2-tur ortda qoldi.Musobaqada yuqori reytingga ega o'n nafar grossmeyster bosh sovrin hamda katta miqdordagi mukofot pullari uchun bahs olib borishyapti. Ular orasida "Nomzodlar turniri" g'olibi Javohir Sindarov ham bor. Hamyurtimiz 1-turda qora donalarda ruminiyalik Bogdan-Daniel Dikka qarshi o'tkazib, yakunda durangga imzo chekkandi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Afsuski, kecha oqshom o'tkazilgan 2-turda Javohir oq donalarda o'ynaganiga qaramay, hindistonlik azaliy raqibi Rameshbabu Praggnanandhaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. So'nggi ikkita turnirda Sindarovning o'yinida pasayish kuzatildi. Kechagi mag'lubiyatdan keyin hamyurtimiz 0,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra oxirgi o'ringa tushib ketdi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Ikkinchi turda franciyalik Maksim Vashe-Lagrav qora donalarda o'ynab, vatandoshi Alireza Firuzdjani taslim etdi va 1,5 ochko bilan qo'shimcha koeficentlar hisobiga peshqadamlikni qo'lga oldi. Rameshbabu va germaniyalik Vinsent Keymer hisobida ham 1,5 ochkodan bor va ular kuchli uchlikni yakunlab turishibdi. Kecha Keymer mezbonlar vakili Bogdan-Daniel Dikdan ustun kelgan.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Etiborlisi, bugun 3-turda Javohir Sindarov karvonboshi Maksim Vashe-Lagravga qarshi qora donalarda o'ynaydi va agar g'alaba qozonsa, vaziyatini ancha o'nglab oladi. Bugungi uchrashuvlar ham bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi. CHempion 100 000 dollarni qo'lga kiritadi.

Manba: olamsport.com
