Sarvar Zafarjonov Osiyo chempioni!
15 MAY, 2026, 19:48
Hindistonning Gandhinagar shahrida o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatidan xushxabar keldi.-88 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Sarvar Zafarjonov dast ko'tarish mashqida oltin medalni qo'lga kiritdi. U ushbu mashqda 169 kg natija qayd etib, Xitoy, KXDR va boshqa davlatlardan bo'lgan kuchli raqobatchilarni ortda qoldirdi.

Manba: olamsport.com
