logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Richard Torres Jalolovga qarshi prof boks jangida o'z imkoniyatini yuqori baholadi

 15 MAY, 2026, 12:32

Amerikalik professional bokschi Richard Torres hamyurtimiz Bahodir Jalolov bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.

"Albatta, bu rejamda bor. To'g'ri, xonamga uning rasmini osib qo'yib, o'sha kunni kutayotganim yo'q, lekin revansh olish — maqsadlarim ro'yxatida aniq bor. 

U ajoyib jangchi, ikki karra Olimpiada chempioni, unga hurmatim baland. Lekin professional boksda vaziyat boshqacha bo'ladi, deb o'ylayman. Bu erda chidamlilik muhim va tabiiyki, qoidalar boshqacha, bu mening foydamga ishlashi mumkin. 

Olimpiada finalida mendan uning belidan past qismiga zarba berganim uchun ochko olib tashlashgandi. Uning bo'yi 2 metr atrofida bo'lgani uchun uning belidan pastiga urmaslik qiyin edi. Professional boksda kichikroq qo'lqoplar va uzoqroq davom etadigan raundlar men uchun ustunlik beradi deb hisoblayman", dedi Torres.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ